
Muftakh Khakimov, Mohira Fatxullayeva · Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research) 2026 · 2026
DOI: 10.5281/zenodo.23818127
Counts differ because each database indexes a different set of publications. We treat OpenAlex as the canonical count; Google Scholar is not shown (no API, and crawling it violates its ToS).
Ushbu maqolada rus-o‘zbek mashina tarjimasi tizimlarida rus tilidagiotlarni avtomatik tahlil qilish va ularning o‘zbek tilidagi muqobillarini shakllantirish uchunmatematik-lingvistik modellarni ishlab chiqish masalasi tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiymaqsadi rus tilidagi otlarning grammatik kategoriyalari, xususan, jins, son, kelishik vaaniqlik kabi morfologik-semantik xususiyatlarini formal ifodalash hamda ushbuxususiyatlarning o‘zbek tiliga tarjima jarayonidagi mosliklarini aniqlashdan iborat. Bundakengayuvchi kirish tili (KKT) modeli asosiy nazariy-metodologik yondashuv sifatida olinib,rus tilidagi ot shakllarining morfologik belgilarini bosqichma-bosqich aniqlash, ularniformal tavsiflash va tarjima uchun zarur bo‘lgan lingvistik ma’lumotlarni kengaytirishtamoyili asosida model yaratish ko‘zda tutiladi. Taklif etilayotgan matematik-lingvistikmodel rus tilidagi otlarning morfologik shakllarini algoritmik qayta ishlash, ularninggrammatik qiymatlarini aniqlash va o‘zbek tilidagi ekvivalentlarini tanlash jarayonlariniformallashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari rus-o‘zbek mashina tarjimasitizimlarida morfologik tahlil va sintezning aniqligini oshirish, tarjima jarayonida grammatikmuvofiqlikni ta’minlash hamda lingvistik bilimlarni kompyuterda qayta ishlashsamaradorligini yaxshilash imkonini beradi. Kalit so‘zlar: rus-o‘zbek mashina tarjimasi,kengayuvchi kirish tili, KKT, ot, morfologik tahlil, morfologik model, matematik-lingvistikmodel, grammatik kategoriya, kelishik, jins, son, avtomatik tarjima.
No comments yet — start the discussion below.