Bayrambay Shanazarov, Muzaffar Sadikov · Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research) 2026 · 2026
DOI: 10.5281/zenodo.23162474
Counts differ because each database indexes a different set of publications. We treat OpenAlex as the canonical count; Google Scholar is not shown (no API, and crawling it violates its ToS).
Mazkur maqolada issiqlik elektr stansiyasi texnik hujjatlari bilan ishlashga moslashtirilgan retrieval augmented generation arxitekturasi va axborotni izlash algoritmlari taklif etiladi. Model texnik hujjatlar korpusini oldindan fragmentlash, tozalash, metama’lumotlar bilan boyitish va indekslashdan so‘ng foydalanuvchi so‘rovini bir vaqtning o‘zida BM25 leksik qidiruvi hamda vektorli semantik qidiruv orqali qayta ishlaydi. Ikki qidiruv kanalidan olingan natijalar Reciprocal Rank Fusion usuli bilan birlashtiriladi, Cross-Encoder modeli orqali qayta saralanadi va dalil yetarliligi mezoni asosida javob generatsiyasiga ruxsat beriladi. Generatsiya qilingan javobning manba bilan semantik mosligi tabiiy til xulosalash modeli yordamida tekshiriladi. Yetarli dalil yoki manba tasdig‘i mavjud bo‘lmagan holatda tizim javob berishni rad etadi. Taklif etilgan yondashuv IES texnik hujjatlarida uchraydigan terminologik qat’iylik, hujjat versiyalari, uskunalar identifikatorlari va xavfsizlikka oid ko‘rsatmalarni hisobga olgan holda qidiruv aniqligi va javobning manbaga bog‘liqligini oshirishga qaratilgan.
No comments yet — start the discussion below.