Alisher Mamajonov · Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research) 2026 · 2026
DOI: 10.5281/zenodo.23117708
Counts differ because each database indexes a different set of publications. We treat OpenAlex as the canonical count; Google Scholar is not shown (no API, and crawling it violates its ToS).
Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari, xususan algoritmik tavsiya tizimlari sharoitida inson avtonomiyasi va erkinligi tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — avtonomiyaning klassik falsafiy talqinidan zamonaviy raqamli-algoritmik muhitgacha bo’lgan o’zgarish mexanizmlarini aniqlash va uni saqlashning nazariy-amaliy yo’llarini asoslashdan iborat. Falsafiy-tahliliy va dialektik metodlar asosida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, algoritmik tizimlar insonning tanlov erkinligini “filtrlangan” axborot makoni orqali cheklab, yashirin ta’sir mexanizmlarini keltirib chiqarmoqda. So‘nggi tadqiqotlar asosida avtonomiyani himoya qilishning institutsional mexanizmlari taklif etiladi.
No comments yet — start the discussion below.